Foydalanish kelishuvi

 

1. Foydalanish shartlari

Foydalanish shartlari foydalanuvchi WWW.UZ tizimi qoidalari bilan tanishib chiqib, undan foydalanishni boshlagan paytdan boshlab kuchga kiradi.

2. Foydalanish shartlari predmeti

WWW.UZ foydalanuvchiga amaldagi Foydalanish shartlarini (keyingi o`rinlarda Kelishuv) o`z ichiga olgan xizmatlarni taklif etadi. Kelishuvga WWW.UZ ma’muri tomonidan hech qanday maxsus ogohlantirishlarsiz o`zgartirishlar kiritilishi mumkin. Kelishuvning yangi tahriri www.uz saytiga joylashtirilgandan so`ng, boshqa shartlar o`zgartirilmagan holatda bir ish kunida so`ng kuchga kiradi.

3. WWW.UZ xizmatlari tavsifi

3.1. WWW.UZ foydalanuvchilarga quyidagi xizmatlarni taklif etadi:

a) WWW.UZ da ro`yxatdan o`tgan saytlari katalogi

b) Saytlar reytingi v) Mashhur sahifalar

g) Tahliliy hisobotlar

d) Internetning milliy segmenti statistikasi

e) Sayt egalari uchun saytning reytingi va undan foydalanishda qo`llanuvchi texnologiyalar va vositalar statistikasidan kelib chiqgan holda uni takomilliashtirish bo`yicha tavsiyalar

3.2. Amaldagi va rivojlanish jarayonida bo`lgan shartlar Kelishuv predmeti hisoblanadi.

3.3. WWW.UZ xizmatidan foydalanish uchun foydalanuvchi kompyuterga ega bo`lishi hamda Internet tarmog`iga ulanishi lozim. Internet tarmog`iga ulanish, bu uchun lozim bo`lgan texnika va dasturiy ta`minotlar Kelishuv shartlariga kirmaydi.

 4.  WWW.UZ Resurslari

4.1. WWW.UZ da ruyxatdan o`tgan saytlarni qidirish, ularning manzili, tarkibi to`g`risida ma’lumot berish xizmatini foydalanuvchilaraga taqdim etadi.

4.2. Foydalanuvchilarga Katalogga yangi saytlarni qo`shish imkoniyati beradi. Foydalanuvchilar tomonidan Katalogga qo`shilgan resurslar WWW.UZ moderatorlari tomonidan nazorat qilinadi va kelishuvning 4.3. bandiga mos kelsa, Katalogga qo`shiladi.

4.3. Foydalanuvchi saytni Katalogga qo`shishi uchun uchun avval, ID.UZ tizimida ro`yxatdan o`tishi, ID.UZ tizimidagi login va paroli orqali WWW.UZ da avtorizatsiya qilishi va saytni katalokdan o`tkazish uchun tegishli barcha ma’lumotlar aniq ko`rsatib ariza yuborishi lozim.Ресурс қўшишда қуйидаги талабларга риоя қилиш зарур:

a) resurs ma’lumotlari to`g`ridan-to`g`ri O`zbekiston Respublikasiga tegishli bo`lishi lozim;

 b) Katalogga saytning faqat bosh sahifasi qo`shilishi lozim;

v) Katalogga qo`shilayotgan resurs uning mazmuni, haqqoniyligini ochib beruvchi qisqa nom va tavsifga ega bo`lishi lozim. Resurs tavsifida resurs domenidan tashqari boshqa aloqa manzillarini (telefon raqami, ICQ raqami va elektron pochta) ko`rsatish mumkin emas;

g) resurs haqidagi barcha ma’lumotlar, ayniqsa, nomi, tavsifi, kalit so`zlar o`zbek va rus tillarida xatosiz to`ldirilishi lozim;

d) resursni Katalogga qo`shish uchun mos bo`linma, qo`shilayotgan resurs turi va tilini to`g`ri tanlab, belgilash lozim;

e) HTML tegi va boshqa belgilar, shuningdek, sahifani to`ldirishda hech qanday ma`noga ega bo`lmagan so`zlarni ishlatish man etiladi.

4.4. Quyidagi talablar buzilgan hollarda resurs Katalogga qo`shilmaydi:

a) resurs mazmuni tajovuzkorlik, terrorizm, irqchilik, urushni tashviqot etuvchi hamda an`anaviy axloq normalari, shuningdek, O`zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga zid bo`lgan materiallarni o`z ichiga olsa;

b) resurs mazmuni boshqa odamlar yoki tashkilotlarning sha`ni va qadr-qimmatini erga ursa;

v) resurs tavsifi e’lon (sotib olaman, sotaman, taklif qilaman) shaklida bo`lsa;

g) foydalanuvchi kompyuteriga zarar keltirishi mumkin bo`lgan kod mavjud bo`lsa;

d) sayt kontentdan xoli bo`lsa; e) saytda texnik ishlar olib borilayotgan bo`lsa, sayt ishlamasa yoki ochilmasa.

4.5. Katalogda odob-axloqning umumiy mezonlarga to‘g‘ri kelmaydigan mazmun-ma'nosi jihatidan shubha tug‘diradigan sayt egasi tomonidan joylashtirilib, tartibga solinmagan (shahvoniy hirs uyg‘otadigan reklama, popup-bannerlar va h.k) larni saytga kiritish man etiladi. Shunday saytlar sirasiga: ucoz.ru, amiro.ru, okis.ru, setup.ru, ru.wix.com, ru.jimdo.com, nethouse.ru, a5.ru va boshqalar kiradi.

4.6.WWW.UZ ma’muriyati foydalanuvchi tomonidan to`ldirilgan tavsifni tahrirlash, shuningdek, muallif ruxsatisiz mos ruknga ko`chirib o`tkazish huquqiga ega.

4.7. WWW.UZ ma’muriyati foydalanuvchi tomonidan ko`rsatilgan axborotning haqiqiyligi va mazmuniga javobgar emas.

4.8. Ro`yxatdan o`tkazilgan resurs muallifi resursning Katalogdan o`chirilishini yoki ro`yxatdan o`tkazish jarayonidagi ma’lumotlarni o`zgartirishni istagan hollarda, elektron pochta manzili (wwwfeedback@uzinfocom.uz) orqali yoki teskari aloqa shakli (http://www.uz/ru/feedback/) ni to`ldirib, sayt Ma’muriyatiga jo`natishi lozim.

5. WWW.UZ xizmatidan foydalanish qoidalari

5.1. Foydalanuvchi saytda ko`rsatilgan ma’lumot WWW.UZ saytining barcha foydalanuvchilari uchun ochiq holda bo`lishiga rozilik bildiradi. Foydalanuvchi ma`lum hisobotlarning yopiq holda bo`lishini xohlasa, buni sozlamalarida ko`rsatib o`tishi mumkin. Foydalanuvchi “Auditoriya tahlili” guruhidagi hisobotlarni yashirishi mumkin emas.

5.2. Foydalanuvchi WWW.UZ xizmati yoki biror ma’lumotni faqat o`zi ko`paytirishi va tarqatishi mumkin.

5.3. Foydalanuvchi WWW.UZ xizmati yoki biror ma’lumotni tijoriy maqsadlarda ishlatmaslik va sotmaslik majburiyatini oladi.

5.4. Foydalanuvchi WWW.UZ saytidan yuklab olinuvchi texnologiya va dasturiy mahsulotlardan o`z manfaati yo`lida foydalanmasligi lozim.

5.5. Foydalanuvchi turli dasturlar, skriptlar, shuningdek, qo`shimcha hisoblagichlar yordamida o`z resursidan foydalanganlik bo`yicha ma’lumotlar (xost va xitlar)ni soxtalashtirmaslik majburiyatini oladi. Shunday hollarda WWW.UZ moderatorlari tomonidan mazkur sayt ma’lumotlari (satistika va tavsiyalar xizmati) 1 oy muddatga bloklanadi. Jarayon qayta ro`y bergan holda, ushbu muddat yana bir oyga uzaytiriladi. Bundan tashqari, qoida buzilgan sayt sifatida WWW.UZ katalogining maxsus qoidabuzarlar blogi (http://www.uz/ru/catalogue/) ro`yxatiga qo`shiladi. Blok qilish muddati tugaganidan so`ng, sayt mazkur resurslar ro`yxatidan o`chiriladi.

5.6. WWW.UZ da boshqa saytlarga havolalar keltirilgan bo`lib, Foydalanuvchi WWW.UZ ma’muriyati mazkur saytning ishlashiga hamda ushbu resurslar kontentini ishlashi bilan bog`liq yuzaga keluvchi muammolar uchun javobgar bo`lmasligiga rozilik bildiradi.

6. Kafolatdan xoli bo`lish

6.1. WWW.UZ ma’muriyati xizmatlar foydalanuvchi talablariga mos kelishiga, tezkor, ishonchli hamda xatosiz ishlashga kafolat bermaydi.

6.2. Sayt ma’muriyati WWW.UZ xizmatidan foydalanish vaqtida yoki xizmatdan foydalanmaslik holatlarida yuzaga kelgan muammolar uchun javobgarlikni olmaydi.
 

7. Umumiy ma’lumot

7.1. Mazkur Kelishuv foydalanuvchi va Sayt ma’muriyati o`rtasida tuzilgan yuridik kuchga ega shartnoma hisoblanib, WWW.UZ xizmatlaridan foydalanishni tartibga soladi.

7.2. Foydalanuvchi tomonidan mazkur kelishuv bandlari buzilgan va WWW.UZ ma’muriyati tomonidan tegishli choralar ko`rilmagan bo`lsa, bu WWW.UZ ma’muriyati o`z huquqlaridan bosh tortganini bildirmaydi va qoidabuzarga nisbatan tegishli chorani keyinchalik ko`rilishi huquqiga ega bo`ladi.

8. Maxfiylik siyosati

8.1. Maxfiylik shartlari foydalanuvchi WWW.UZ saytidan foydalanishni boshlagan paytdayoq barcha ma’lumotlarga tegishli bo`ladi.

8.2. WWW.UZ avtomat ravishda brauzer orqali foydalanuvchi haqidagi ma’lumotlarni oladi: IP manzil, Cookie va ko`rilayotgan resurslar.

8.3. WWW.UZ foydalanuvchi IP manzilini foydalanuvchi identifikatsiyasini sayt navigatsiyasi tarixida saqlab qolish uchun ishlatadi. WWW.UZ foydalanuvchi IP manzilini uning shaxsiy ma’lumotlari bilan bog`lamaydi va boshqa maqsadlar uchun foydalanmaydi.

8.4. WWW.UZ foydalanuvchining elektron pochta manzilini kelajakda sodir bo`lishi mumkin bo`lgan favqulodda holatlarning oldini olish uchun so`raydi.

8.5. WWW.UZ foydalanuvchi haqidagi ma’lumotlarni hech qachon hech kimga sotmaydi va etkazmaydi.

8.6. WWW.UZ foydalanuvchi haqidagi ma’lumotlarni uchinchi shaxsga quyidagi zarur hollarda berishi mumkin:

a) foydalanuvchi ushbu ma’lumotlarni oshkor qilish istagini bildirsa;

 b) busiz foydalanuvchi kerakli bo`lgan xizmatdan foydalana olmagan hollarda;

v) O`zbekiston Respublikasi qonunlari yoki huquqni himoya qilish mahalliy organlari talablariga ko`ra;

g) Foydalanuvchi amaldagi kelishuv bandlarida ko`rsatilgan shartlarni buzsa.

8.7. WWW.UZ maxfiylik siyosati talablarini o`zgartirish huquqiga ega. O`zgartirilgan maxfiylik siyosati WWW.UZ saytiga joylashtirilgan kundan boshlab bir ish kuni mobaynida kuchga kiradi.