Mavjud saytni akkauntga bog‘lamoq

Agar sizning saytingiz allaqachon Katalogda mavjud bo‘lsa, ammo siz uning tavsifini o‘zgartirishni hamda Katalogning boshqa bo‘limiga olib o‘tib, statistik ma’lumotlarning bir qismini begona ko‘zlardan himoya qilishni istasangiz, quyidagi qadamlarni bajarishingiz kerak.

WWW.UZ saytida ID.UZ yagona identifikatsiya tizimi orqali avtorizatsiyadan o‘tishingiz lozim.

O‘ng tomonning yuqori qismida “Mening saytlarim” tugmasini bosing va ushbu menyu ostida “Biriktirish” bo‘limini tanlang.

“Biriktirish” bo‘limi tanlagandan so‘ng, sayt domenini kiritish uchun oyna ochiladi. Domenni kiritganingizdan keyin wwwuz—res7777.html (7777 o‘rniga saytingiz uchun noyob raqam bo‘ladi) ko‘rinishidagi fayl nomi paydo bo‘ladi. Shundan so‘ng, Siz xuddi shu nom bilan bo‘sh fayl yaratib, uni saytingizni o‘zak papkasida joylashtiring (papka httpdocs). Ushbu faylning mavjudligi saytga bo‘lgan huquqingizni tasdiqlaydi. Faylni biriktirgandan keyin “Biriktirish” tugmasini bosing.

Endi saytning sozlamalarini (tavsifi va katalogdagi joylashuvi) boshqarishingiz, zarurat tug‘ilganda hisoblagich kodini o‘zgartirishingiz va hisobotlarning ko‘rinishini sozlashingiz mumkin ham bo‘ladi.