Saytni katalogga qo‘shmoq

WWW.UZ Katalogiga saytni qo‘shish uchun ID.UZ yagona identifikatsiya tizimi orqali avtorizatsiyadan o‘tishingiz kerak. Agarda ID.UZ da ro‘yxatdan o‘tmagan bo‘lsangiz, unda “Ro‘yxatdan o‘tish” tugmasini bosgan holda, ro‘yxatdan o‘ting.

O‘ng tomonning yuqori qismida “Mening saytlarim” tugmasini bosing va ushbu menyu ostida “Qo‘shish” bandini tanlang.

So‘ng taklif qilingan barcha maydonlarni to‘ldirgandan keyin “Foydalanish kelishuvi” bilan tanishib, “Saqlash” tugmasini bosing.


Shuningdek, Katalogga qo‘shiladigan resurs qisqa, ishonchli va uning mazmunini maksimal darajada yoritib beradigan nom va tavsifga ega bo‘lishi kerak. Resursni tavsiflashda uning domen nomidan tashqari aloqa ma’lumotlarni (telefon raqamlari, ICQ raqamlari, elektron pochta manzillari va boshqalar) ko‘rsatilishi yo‘l qo‘yilmaydi.

Resurs to‘g‘risidagi barcha ma’lumotlar, ya’ni nomi, tavsifi, kalit so‘zlari maxsus maydonlarda o‘zbek va rus tillarida to‘ldirilgan bo‘lishi kerak.

Katalogda resursni qo‘shganda mos keladigan bo‘lim (yoki kategoriya) nomini ko‘rsatish lozim.

Maydonlarni to‘ldirishda ma’nosiz HTML teglar va boshqa belgilarni ishlatish man etiladi.

Agar ushbu talablar bajarilmasa, Sizning saytingiz Katalogga qo‘shilmaydi.


Shundan so‘ng, Katalogga saytingizni qo‘shish to‘g‘risidagi so‘rovingiz WWW.UZ sayti ma’muriyatiga kelib tushadi. Agar barcha maydonlar to‘g‘ri to‘ldirilgan, shuningdek, sayt ish faoliyatida va tashrif uchun ochiq bo‘lsa, so‘rovingiz tasdiqdan o‘tadi hamda Katalogning tegishli bo‘limida ko‘rsatiladi.