Sayt-satellit uchun WWW.UZ hisoblagichini o‘rnatmoq

Moderatorlar tomonidan so‘rovingiz tasdiqlangandan va saytingizni katalogda paydo bo‘lishidan so‘ng katalogdan saytning id-raqamini topish zarur.

Endi topilgan havola orqali sayt tavsifiga kirishingiz va manzillar satrida Katalogdagi saytning id-raqamini ko‘rishingiz mumkin. Ushbu raqamni eslab (saqlab) qoling.

Endi ma’muriyat panelida “Tashqi ko‘rinish” menyusi ochiladi va bu yerdan “Vidjetlar” bo‘limini tanlang. “WWW.UZ hisoblagichi” vidjetini topganingizdan keyin sichqon orqali The primary widget area  hududiga o‘tkazing.

Vidjetlarda uning sozlamalari ochiladi. Birinchi navbatda avval WWW.UZ ga saqlab qo‘yilgan saytning id raqamni kiritish kerak. So‘ng hisoblagich tugmasining joylashuv joyini (yon tomondagi ustun yoki saytning pastki qismida) tanlash lozim. Shuningdek, hisoblagich tugmasining rangini ham tanlash ham mumkin bo‘ladi

O‘zgartirishlarni saqlab qoling. Sayt sahifasini yangilagandan keyin unda hisoblagich tugmasi paydo bo‘ladi.